Главный » Узбекские » Behruz Nuriddinov - Narxi qancha mehrni ayting

Behruz Nuriddinov - Narxi qancha mehrni ayting

Скачать эту Behruz Nuriddinov - Narxi qancha mehrni ayting песню в высоком формате. Краткая информация о песне (128 кб / с, 3,98 MB)
Behruz Nuriddinov - Narxi qancha mehrni ayting
Прослушать онлайн песню
Скачать песню
  • Слушали: 26
  • Размер: 3,98 MB
  • Длительность: 4:20
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 31.08.2022
Текст песни: Behruz Nuriddinov - Narxi qancha mehrni ayting
Narxi qancha mehrni, ayting
Hammasini sotib olaman
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo'lsa yotib olaman

Ey, narxi qancha mehrni, ayting, ayting
Hammasini sotib olaman
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo'lsa yotib olaman

Qayda mehr bozori, ayting
Olib beray mehrsizlarga
Kerak bo'lsa, yurib uyma-uy
Ulashaman bag'ri muzlarga

Narhi qancha mehrni, ayting
O'zim olay yetsa imkonim
Yetsa molim, yetmasa jonim
Narhi qancha mehrni, ayting

Ey, mehringizdan, mayli, bir hovuch
Bering yetim go'daklar uchun
Ko'zlarida o'kinch va ilinj
Mehrga zor yuraklar uchun

Mehr izlab dunyoni kezdim
Olishimga bormi qarshilar
O'zimga ham kerakdir, biroq
Ilinaman sizga, yaxshilar

Mehr bormi eski bo'lsa ham
Yo'q, degan so'z yomon nechog'liq
Bu o'tkinchi dunyoda mehr
Nahot bo'lsa cho'ntakka bog'liq

Bilolmadim mehrning narhin
Mehr sotilmas ekan pulga
Go'yoki biz savdogarlardek
Mehr izlab chiqqanmiz yo'lga

Narhi qancha mehrni ayting
O'zim olay bo'lsa imkonim
Yetsa molim, yetmasa jonim
Narhi qancha mehrni ayting

Narhi qancha mehrni ayting
O'zim olay yetsa imkonim
Yetsa molim, yetmasa jonim
Narhi qancha mehrni ayting